O‘zbekistonda dollar, yevro va rubl kursi ko‘tarildi
O‘zbekiston
−
26 Aprel 2021 4827 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, ertaga, 27 aprelidan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 548 so‘m 18 tiyinni tashkil etib, avvalgi kursga nisbatan 8 so‘m 66 tiyinga qimmatladi.
1 yevro kursi 12 760 so‘m 13 tiyinga baholanib, 51 so‘m 58 tiyinga qimmatladi.
Rubl kursi kechagiga nisbatan 63 tiyinga qimmatladi. Xususan, 1 rubl 140 so‘m 81 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Sardor To‘lanboyev
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr