O‘zbekistonda dollar, rubl, yevro narxi birdan ko‘tarildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, ertaga, 24 noyabrdan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha: 

1 AQSH dollari 10 414 so‘m ,86 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 23 so‘m 93 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 12 344 so‘m 73 tiyinga baholanib, 50 so‘m 18 tiyinga qimmatladi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 2 so‘m 35 tiyinga ko‘tarildi. Xususan, 1 rubl 136 so‘m 69 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

639

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing