O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 7 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. 

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 27,73 so‘mga oshib, 10 887,87 so‘mni tashkil qildi.

Yevro so‘mga nisbatan qadrsizlandi. Xususan, 1 yevro 50,93 so‘mga arzonlab, 11 131,76 so‘m etib belgilandi.

Rossiya rubli kursi 17,04 so‘mga pasayib, 168,84 so‘mni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

valyuta kurslari

Baholaganlar

981

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing