O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi
Jamiyat
−
01 iyul 2022 29580 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan joriy yilning 4 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 15,84 so‘mga pasayib, 10 850,10 so‘mni tashkil qildi.
Yevro so‘mga nisbatan mustahkamlandi. Xususan, 1 yevro 11,68 so‘mga qimmatlab, 11 344,86 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli kursi 8,28 so‘mga arzonlab, 198,99 so‘mni tashkil etdi.