O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi
Jamiyat
−
05 aprel 2021 6251 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 6 apreldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:
1 AQSH dollari 10 482 so‘m 97 tiyinni tashkil etib, avvalgi kursga nisbatan 10 so‘m 30 tiyinga qimmatlashdi.
1 yevro kursi 12 308 so‘m 06 tiyinga baholanib, 27 so‘m 70 tiyinga pasaydi.
Rubl kursi kechagiga nisbatan 15 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 137 so‘m 32 tiyin etib belgilangan.
Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.
Diyora Abdurahmonova
Live
BarchasiNetanyaxu Tramp bilan telefonlashdi
24 aprel
Nyu-Yorkda cherkov yonib ketdi
24 aprel