O‘zbekistonda dollar kursi 9 haftadan so‘ng pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, ertaga, 4 yanvardan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 449 so‘m 44 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 27 so‘m 13 tiyinga arzonlashdi.

1 yevro kursi 12 761 so‘m 90 tiyinga baholanib, 24 so‘m 13 tiyinga arzonlashdi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 82 tiyinga arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 140 so‘m 45 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing