O‘zbekistonda diniy ziyoratgohlar xatlovdan o‘tkaziladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Endi O‘zbekistondagi tashkilot va idoralarga biriktirilgan muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar dinlar tasnifi bo‘yicha (islomiy obidalar, yahudiylik, xristianlik, buddaviylikka oid ziyoratgohlar va boshqalar) to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan.

Qarorga ko‘ra, Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda uch oy muddatda tashkilot va idoralarga biriktirilgan muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni dinlar tasnifi bo‘yicha (islomiy obidalar, yahudiylik, xristianlik, buddaviylikka oid ziyoratgohlar va boshqalar) to‘liq xatlovdan o‘tkazadi.

Shuningdek, moddiy madaniy meros ob’ektlari ham xalqaro standartlar asosida xatlovdan o‘tkaziladi. 2022 yil 1 sentyabrga qadar respublikadagi Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarning ro‘yxati shakllantiriladi va “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portaliga joylashtiriladi.

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi bilan birgalikda Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlar ro‘yxatidagi ob’ektlarning respublika hududlarining “chorlov nuqtasi” sifatida turizm yo‘nalishlariga kiritilishini va keng targ‘ib qilinishini ta’minlaydi.

Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing