O‘zbekistonda davlat xizmatchilari qaysi kasalliklardan aziyat chekayotgani aytildi
Jamiyat
−
08 mart 2023
10633Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda hokimliklar bilan hamkorlikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va barcha hokimliklarda faoliyat yuritayotgan jami 5 744 nafar davlat fuqarolik xizmatchilari tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, davlat xizmatchilarini dastlabki tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishning birinchi bosqichi joriy yilning 20 fevraliga qadar davom etgan.
Xizmatchilar 10 dan ortiq turdagi birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Tibbiyot xodimlarining xulosasiga ko‘ra, hokimlik xodimlari o‘rtasida ovqat hazm qilish organlari (surunkali gastrit), yurak qon tomir (arterial gipertoniya), asab tizimi (osteoxondroz), ko‘z va endokrin (qandli diabet va semizlik) bilan bog‘liq kasalliklar aniqlangan.
Shuningdek, agentlik tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga kasallik aniqlangan xodimlarga davolanishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish choralarini ko‘rish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar yuborilgan.
Ma’lumot uchun, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda davlat fuqarolik xizmatchisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ijtimoiy himoya chorasi sifatida kafolatlangan.
LiveBarchasi