O‘zbekistonda dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Jamiyat

image

"O‘zgidromet" O‘zbekiston bo‘yicha 2023 yil 29-31 dekabr va 2024 yil 1-2 yanvar kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ayni paytda respublika hududiga sovuq va nam havo kirib kelmoqda. Bugun ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

Kun davomida havo harorati asta-sekin pasayadi, kunning ikkinchi yarmida esa 0-5 darajagacha tushadi. Yomg‘ir yog‘ishi davom etadi va respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir qorga aylanadi. Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.

Ertaga, 30 dekabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘ylab nisbatan sovuq ob-havo bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi -0/-5 darajagacha, shimolda -6/-9 darajagacha pasayadi, kunduzi 2-7 daraja atrofida bo‘ladi.

31 dekabr va 1 yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Kechalari sovuq saqlanib turadi, kunduz kunlari esa havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 1 yanvarga borib 10-13 darajaga yetadi.

Quruq ob-havo 2 yanvarda ham saqlanib turadi, lekin biroz sovuq havo kirib kelishi hisobiga kunduzgi harorat 6-9 darajagacha pasayadi.

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.

Toshkkent shahrida 29 dekabr kuni yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi. Kunning ikkinchi yarmida harorat 0-2 darajagacha pasayadi.

30-31 dekabr va 1-2 yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 30 dekabrda kechasi -1/-3 daraja, kunduzi 4-6 daraja, 31 dekabr va 1-2 yanvarda kechalari -3/2 daraja bo‘ladi, 31 dekabr va 1 yanvarda kunduz kunlari 11-13 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi, 2 yanvarda 7-9 daraja bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing