O‘zbekistonda chiqindi muammosini hal qilish uchun 3 yil boj imtiyozi beriladi

Jamiyat

image

Import qilinadigan maxsus texnika, butlovchi va ehtiyot qismlar bojxona bojidan 3 yilga ozod etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev chiqindilarni qayta ishlash masalasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Yig‘ilishda Prezident joriy yilda maishiy chiqindi to‘plash qamrovini 95 foizga, qayta ishlash hajmini 40 foizga, xususiy sektor ulushini 50 foizga yetkazish vazifasini qo‘ygan. Buning uchun:

•    saralash va qayta ishlash texnikasi xaridi uchun 5 yilgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi va qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan qismi qoplab beriladi;

•    chiqindini qayta ishlashga qodir klasterlarga yer, mol-mulk va ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz qilib belgilanadi;

•    klasterlarni tashkil etish tartibi qayta ko‘rib chiqiladi, ularga o‘z hududidagi chiqindilarni qayta ishlash darajasini kamida 40 foizga olib chiqish talabi qo‘yiladi;

•    1 martga qadar 51 tuman va shaharda xususiy sherikchilik asosida jami 38 ta korxona tashkil etish bo‘yicha tanlovlar boshlanadi, yil yakuniga qadar ushbu hududlar uchun 500 ta maxsus transport xarid qilinadi;

•    1 oktyabrga qadar ijtimoiy muassasalar va bozorlarga 8 mingta, kelgusi yil 1 mayga qadar 11 mingta konteyner o‘rnatiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

42

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing