O‘zbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqariladi

Bu qiziq

image

Toshkent viloyatining Ohangaron va Maydontol maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasini ishlab chiqarish majmuasi quriladi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, chiqindi gazidan umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 mvt bo‘lgan elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Loyiha Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi ishtirokida 55 mln. dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

“Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida, nafaqat O‘zbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona bo‘lgan yirik maishiy chiqindi poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish stansiyasi tashkil etiladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing