O‘zbekistonda chaqaloqlar o‘limi ko‘paydi
Jamiyat
−
29 Sentabr 2022
82322021 yilda O‘zbekistonda 7 214 nafar chaqaloq vafot etgan. Bu 2020 yildagiga qaraganda 160 nafarga ko‘p. Bu haqda Oliy Majlis Senati Kengashining reproduktiv salomatlikni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish masalasidagi majlisida ma’lum qilindi.
Yig‘ilishda qayd etilishicha, 2021 yilda go‘daklar o‘limi 7 214 tani tashkil etgan bo‘lib, 2020 yilga nisbatan 160 taga (7054/7214) oshgan.
Bundan tashqari, hududlarda 2018-2022 yillarda bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi ijrosi bo‘yicha qator kamchiliklar mavjud ekanligi ta’kidlangan.
Shuningdek, homilador, tug‘uvchi, tuqqan ayollar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga ko‘rsatiladigan tibbiy yordam sifatini yaxshilash maqsadida respublikadagi tug‘ruqqa yordam beruvchi muassasalarning moddiy-texnika bazasini xalqaro standartlarga muvofiq mustahkamlash va zarur dori vositalari bilan ta’minlash masalasi to‘liq bajarilmagan.
Muhokamalar yakunida tug‘ruq muassasalarida onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirish, tug‘ruq yoshidagi ayollar tibbiy ko‘rigini sifatli tashkil etish, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini nazorat qilish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
LiveBarchasi