O‘zbekistonda chaqaloqlar savdosini gurkiratayotgan sabablar ma’lum qilindi

Jamiyat

−

image

O‘zbekistonda chaqaloq savdosiga avjiga chiqqan ayni damlarda bunga sabab bo‘layotgan asosiy omillar haqida ma’lumot berildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi  Tergov departamenti mas’ul xodimi Nargiza Hojiboyeva 2017-2020 yillarda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar doirasida O‘zbekistonda chaqaloq savdosi bilan bog‘liq 185ta holat aniqlangan.

Mas’ulning qayd etishicha, mamlakatda chaqaloqlar savdosiga quyidagi omillar sabab bo‘lmoqda:

•    bolaning onasi ijtimoiy himoyalanmagani va moddiy ehtiyojlari ta’minlanmaganligi; 

•    turmushga chiqmagan ayollar homilador ekani hamda chaqaloqni oilasidan yashirishga urinishi; 

•    farzand ko‘rmagan oilalar tomonidan chaqaloq asrab olishga ehtiyoj mavjudligi; 

•    chaqaloq savdosining oldini olishga qaratilgan mukammal huquqiy asosning yo‘qligi.

“Chaqaloq savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarning aksariyati xotin-qizlar tomonidan sodir etilayotgani juda ayanchli holat. Ushbu jinoyatga qo‘l urgan xotin-qizlarning ijtimoiy holati o‘rganilganda, ularning ko‘pchiligi bugun og‘ir turmush sharoitida va moddiy qiyinchilikda yashayotgani, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda psixologik yordamga muhtojligi aniqlandi”, deydi Nargiza Hojiboyeva.


Maqola muallifi

Baholaganlar

345

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar