O‘zbekistonda boshqa diniy konfessiyalarda ham ommaviy ibodatlar, marosimlar to‘xtatildi

Jamiyat

image

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bildirilgan tavsiyaga ko‘ra fatvo qabul qildi. 

Unga ko‘ra, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgungacha juma namozlari o‘rniga uyda peshin namozini o‘qish, shuningdek, besh vaqt namoni ham uyda ado etish belgilandi. 

O‘z navbatida, boshqa diniy konfessiyalarda ham o‘rnatilgan tartibda ommaviy ibodatlar, marosimlar vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

“Ularga qarashli diniy ta’lim muassasalarining (seminariya va “monastыr”) talaba-o‘quvchilari ham ta’tilga chiqarilganini ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Karantin davrida barcha diniy tashkilotlarda, jumladan masjidlarda, cherkov va ibodatxonalar, diniy ta’lim muassasalari, madrasalar, seminariya va “monastыr”larda to‘liq dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

72

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing