O‘zbekistonda “bolalar nafaqasi”, “suyunchi puli” va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘zgarish bo‘ldi

Jamiyat

image

Endilikda bir qator ijtimoiy to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda agentlikning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Prezident farmoniga muvofiq, 2024 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi ijtimoiy to‘lovlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga o‘tkazildi:

  • yoshga oid nafaqa;
  • boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
  • o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakiliga nafaqa;
  • bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nafaqa (1 va 2-guruh, 18 yoshdan katta);
  • 1 va 2-guruh nogironlari uchun nafaqa;
  • kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi;
  • kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam;
  • farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (“suyunchi puli”);
  • dafn qilish uchun nafaqa (“dafn puli”).

Bunda ijtimoiy to‘lovlar uchun ariza berish, ularni ko‘rib chiqish, tayinlash va to‘lashning amaldagi tartibi saqlab qolinadi. Endilikda fuqarolar mazkur ijtimoiy to‘lovlar bilan bog‘liq barcha savollariga tuman yoki shaharlardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, ayni paytgacha O‘zbekistonda ijtimoiy himoya sohasida xizmatlarni ko‘rsatish bir necha tashkilotlarga yuklatilgandi. Endilikda bosqichma-bosqich ijtimoiy himoya masalalari agentlik tasarrufiga o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

nafaqa O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing