O‘zbekistonda bloklangan tarmoqlardan biri ochildi
Texnologiya
−
25 mart 2022
28696Kecha, 24 mart kuni O‘zbekistonda Skype ijtimoiy tarmog‘idan foydalanish bo‘yicha cheklov olib tashlandi. Bu haqda Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, Shaxsga doir ma’lumotlar sub’ektlari huquqlarini buzuvchilar reyestriga kiritilgan boshqa xizmatlardan foydalanishni bosqichma-bosqich tiklash ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda reyestrda Twitter, TikTok, VKontakte va WeChat qolmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan yilning 2 iyul kuni O‘zbekistonda Skype, Twitter, TikTok va Rossiyaning “VKontakte” ijtimoiy tarmoqlariga kirish cheklangandi. Keyinroq esa ularning qatoriga WeChat ham qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov TikTok vitse-prezidenti Teo Bertram bilan muzokara fonida blokda bo‘lgan Twitter va TikTok kun davomida bir muddat VPN'siz ishladi. Lekin xursandchilik uzoqqa cho‘zilmadi, o‘sha kunning o‘zida bu platformalarga kirish yana cheklandi.
LiveBarchasi