O‘zbekistonda bloklangan xorijiy saytlardan endi foydalanish mumkin

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh direktori Komil Allamjonovning Feysbukdagi sahifasida agentlikning rasmiy bayonoti e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi YeXHT ning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili Arlem Dezir tomonidan e’lon qilingan ayrim xorijiy axborot veb-resurslariga kirish imkoniyati cheklanganligi haqidagi ma’lumotni o‘rganib chiqqan.

“O‘rganish natijasida ko‘rsatilgan veb-resurslarning O‘zbekistonda to‘laqonli ishlashlariga to‘siq bo‘lgan texnik kamchiliklar aniqlandi va ularni bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlar ko‘rildi. Bugundan e’tiboran “Voice of America”, “Amerika ovozi”, “BBC Uzbek”, “Deutsche Welle”, “Amnesty International”, “Human Rights Watch”, “Reporters sans frontieres”, “Eurasianet.org”, “AsiaTerra”, “Fergana Agency”, “Centre1”, “Uzmetronom” kabi veb-resurslar va boshqa xorijiy veb-saytlardan to‘liq foydalanish imkoni mavjud bo‘ladi.

Alohida e’tirof etish lozimki, davlatimiz rahbari doimo O‘zbekistonda so‘z va axborot erkinligi zarurligini ta’kidlaydilar. Shunga ko‘ra, Agentlik jurnalistlar mavqeini mustahkamlash, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jurnalistikasini rivojlantirish, davlat organlari shaffofligini oshirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida faoliyatini davom ettiradi.

Shu bilan birga, biz xorij ommaviy axborot vositalari, umuman jurnalistlar jamoasini jurnalist etikasi tamoyillariga rioya etishlari, tasdiqlanmagan va yolg‘on axborotlardan foydalanmaslikni, shuningdek, asoslanmagan mish-mish va gumonlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz”, deyiladi rasmiy bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

OAV

Baholaganlar

49

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing