O‘zbekistonda biznes-ombudsmanga qo‘shimcha vakolat berilmoqda

Jamiyat

image

Kecha, 15 dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining yalpi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 245 va 245-8-moddalariga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, qonun xususiy mulkka bo‘lgan huquqni himoya qilish va mansabdor shaxslarning ko‘chmas mol-mulkga aralashuv holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Xususiy mulkni himoya qilish bilan bog‘liq mazkur muammoli vaziyatlarlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni takomillashtirish, shu jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakiliga tadbirkorlar manfaatlari buzilishi holatlari bo‘yicha ayrim ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatini berish belgilanmoqda.

Qonun qabul qilinishi xususiy mulk daxlsizligi, tadbirkorlik faoliyati erkinligini ta’minlash, davlat organlari mansabdor shaxslarining huquqbuzarlik profilaktikasini kuchaytirishning institutsional mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing