O‘zbekistonda birinchi zamonaviy “Amerikaga darcha” markazi ochilmoqda

Jamiyat

image

2021 yilning boshida AQSHning O‘zbekistondagi Elchixonasi Xalqaro Ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari (American Councils) bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining butun hududini qamrab oladigan “Amerikaga darcha” tashabbusiga start beradi.  Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga AQSH elchixonasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Ushbu tashabbus Darchalar joylashgan jamoalarga zamonaviy resurslar kutubxonalarini va dinamik konferens-zallarni, shuningdek, elektron va qog‘ozli kitoblarni, ingliz tilidagi turli xil ta’lim va madaniy manbalarni, Internetga ulangan kompyuter laboratoriyalarni, amerikalik mutaxassislar ishtirokidagi bir qator mehmon ma’ruzachilari dasturlarini va qo‘shimcha qiziqish asosidagi  faoliyat turlarini, masalan, ingliz tilida filmlar namoyishi va suhbat klublar faoliyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, har bir “Amerikaga darcha” AQSHda bakalavriat va magistratura dasturlarida o‘qishni istaganlarga maslahat xizmatlarini ko‘rsatadigan Education USA bepul maslahat markazi sifatida xizmat qiladi. 

Qayd etilishicha, birinchi “Amerikaga darcha” qurilishi Qashqadaryoning Qarshi shahridagi “Barkamol avlod” markazida 2020 yil 30 sentyabrda boshlangan. “Barkamol avlod” markazlari – bu O‘zbekistonning barcha 13 viloyatida joylashgan va Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi yoshlarning darsdan tashqari faoliyatliri uchun mo‘jallangan markazlardir. 

Qarshidagi American Councils tomonidan boshqariladigan 230 kvadrat metr maydonda joylashadigan “Amerikaga darcha” markazi Markaziy Osiyoda eng kattasi bo‘ladi. Markaz tarkibiga kompyuter laboratoriyasi, kutubxona, konferensiya zali va “Education USA” sinflari kiradi. Markazning butun maydoni zamonaviy shisha devorlarga va Amerika uslubidagi dizaynga ega bo‘ladi. Qarshidagi “Amerikaga darcha”ning  ochilishi 2021 yil boshiga rejalashtirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, “American Councils” 2018 yilda o‘zining Toshkentdagi vakolatxonasini qayta ochdi va hozirda Kelajak liderlar almashinuvi dasturi (FLEX), Ingliz tilida so‘zlashuvchi millat: O‘rta maktab o‘qituvchilarining malakasini oshirish (ESN: STT) tashabbusi, O‘zbekiston biznes rahbarlari almashinuvi dasturi va Markaziy Osiyo universitetlari bilan hamkorlik (UNiCEN) kabi 13 xil dasturlar portfelini boshqaradi. 

Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashlari – xalqaro ta’lim, akademik almashinuv va chet elda til muhitini targ‘ib qilish bo‘yicha yetakchi bo‘lib, akademik, kasbiy va madaniy almashinuv, tillarni o‘rgatish, ta’limni rivojlantirish va tadqiqotlarning mukammalligi orqali xalqaro aloqalarni va o‘zaro tushunishni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Amerikaga darcha

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar