O‘zbekistonda bir yo‘la 42 nafar bemor koronavirusni yengib o‘tdi

Jamiyat

image
O‘zbekistondagi koronavirusga chalingan bemorlar ahvoli haqida ma’lumot berildi north_east

O‘zbekistondagi koronavirusga chalingan bemorlar ahvoli haqida ma’lumot berildi

Toshkent shahri, Namangan va Samarqand viloyatida jami 42 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Ular orasida 2 nafar chaqaloq bor. Bu haqda bugun, 4 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 9 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 8 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasida 6 nafar, shuningdek, Namangan viloyatida 17 nafar, Samarqand viloyatida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘aydi. Ular sog‘liqni saqlash boshqarmalari mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 7 nafari Toshkent shahridan, Buxoro va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ulardan 8 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari esa Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 3 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 bo‘lsa, eng yoshi kichigi 9 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 6 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 2 nafari Rossiyadan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, poytaxtimiz va Toshkent viloyatidan 3 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Jizzax viloyatidan 1 nafardan. Bemorlardan 6 nafari erkak, 2 nafari ayol. Ular orasida eng yoshi kattasi 58 bo‘lsa, eng yoshi kichigi 10 yoshda.

Toshkent tibbiyot akademiyasida sog‘ayganlarning 3 nafari Toshkent shahridan, Sirdaryo, Namangan va Toshkent viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 1 nafari Rossiyadan Qozog‘istondan orqali, yana 1 nafari Qozog‘istonning o‘zidan, yana 1 nafari esa Turkiyadan yurtimizga kelishgan va karantinga olingan. Kasallik aniqlangach, mazkur klinikaga yotqizilgan. Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 5 nafari erkak, 1 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 62 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 19 yoshda.

Namanganda sog‘ayganlarning barchasi ushbu viloyatdan (9 nafari Namangan shahridan, 3 nafari Uchqo‘rg‘on tumanidan, 2 nafari Norin tumanidan, 1 nafardan Chust, Namangan va Uychi tumanlaridan) bo‘lib, ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Bemorlarning 6 nafari erkak, 11 nafari ayol bo‘lib, ular orasida eng yoshi kattasi 48 yoshda bo‘lsa, ikki nafar eng yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan.

Shuningdek, Samarqandda sog‘ayganlardan 1 nafari (ayol) 37 yoshda bo‘lib, Samarqand shahridan. Yana 1 nafari (erkak) ham 37 yoshda bo‘lib, Toyloq tumanidan. Ular koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan.

Ayni paytda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 1370 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha mamlakatda koronavirus bilan bog‘liq 2160 ta holat qayd etilgan. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekision

Baholaganlar

105

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar