O‘zbekistonda bir sutkada qariyb 160 ming doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi
Jamiyat
−
20 iyul 2021 3188 1 daqiqa
Kecha, 19 iyulda O‘zbekiston bo‘ylab 158 102 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 023 425 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV Matbuot xizmati xabar berdi.
Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 123 947 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 18 723 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 15 432 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 5 803 255 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 3 667 979 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 1 553 512 nafarni,
- 3-bosqich emlanganlar 581 764 nafarni tashkil qildi.
19 iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:
- Namangan viloyati (24 953 doza),
- Farg‘ona viloyati (24 669 doza),
- Navoiy viloyati (16 255 doza) band qildi.
Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:
- Farg‘ona viloyatida 755 389 doza,
- Namangan viloyatida 752 077 doza,
- Andijon viloyatida 642 815 dozani tashkil qilmoqda.
Live
Barchasi