O‘zbekistonda bir sutka ichida 200 ga yaqin koronavirus bemori aniqlandi

Jamiyat

image

Joriy yilning 2 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 196 nafarga ortib, 83 435 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 8 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida;
  • 2 nafari Andijon viloyatida;
  • 3 nafari Buxoro viloyatida;
  • 2 nafari Jizzax viloyatida;
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida;
  • 2 nafari Namangan viloyatida;
  • 6 nafari Samarqand viloyatida;
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 1 nafari Xorazm viloyatida;
  • 23 nafari Toshkent viloyatida;
  • 144 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar;
  • Toshkent viloyatida 19 nafar;
  • Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81449 (+146) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1356 nafar bemordan 209 nafari og‘ir, 94 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

176

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing