O‘zbekistonda bir kishiga oyiga qancha mablag‘ yetadi? Iste’mol savati hisoblab chiqildi
Jamiyat
−
03 fevral 2021
42099O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2020 yil dekabr oyida olib borilgan so‘rov natijasida iste’mol savatining hisob-kitobini e’lon qildi. Bunda jahon tajribasi ham inobatga olingan.
O‘rganishlar natijasida iste’mol savatining miqdori bir kishi uchun taxminan 2 157 000 so‘mni tashkil etgan.
Qayd etilishicha, iste’mol savatiga oziq-ovqat mahsulotlaridan: non, yorma va dukkakli mevalar, go‘sht, sabzavotlar, poliz, mevalar (sitrus mevalar va ziravorlar) sut mahsulotlari, shuningdek nooziq-ovqat (dorilar, kosmetika va uy-ro‘zg‘or buyumlari) mahsulotlari va kommunal xizmatlar, transport xarajatlari va qo‘shimcha o‘quv kurslari ham kiritilgan.
Aytish joizki, iste’mol savati aholining uchta ijtimoiy-demografik guruhi – mehnatga layoqatli aholi, nafaqaxo‘rlar va bolalar uchun ishlab chiqilishi kerak. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bir oyda o‘rtacha mehnatga layoqatli shaxs iste’mol qiladigan tovar va xizmatlarning quyidagi ro‘yxatini tayyorladi.
Unga ko‘ra, bir kishi oy davomida 10 dona non, 3 kg un, 8 kg mol, qo‘y va tovuq go‘shti, 1 kg kolbasa iste’mol qiladi. Shunindek, 3 kg baliq mahsulotlari, 2 litr sut, 18 dona tuxum, 1 kg shakar va 1 litr o‘simlik yog‘i hamda 2 kg guruch ro‘yxatdan o‘rin olgan.
Qolaversa, 8 kg kartoshka, 6 kg piyoz, 2 kg sabzi, 4 kg pomidor, 2 kg bodring, mevalar esa 1 kilogramdan iste’mol qilinishi qayd etilgan. Oziq-ovqat mahsulotlariga jami — 1 mln 299 ming so‘m, nooziq-ovqat mahsulotlariga esa — 858 ming so‘m sarflanishi belgilangan.
LiveBarchasi