O‘zbekistonda hafta davomida qor ko‘chkisi kuzatilishi mumkin
Jamiyat
−
20 yanvar 2022 4949 1 daqiqa
Joriy yilning 21 yanvaridan 28 yanvarigacha O‘zbekiston tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi mavjud. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
“Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan, dam oluvchilar hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 yanvar kuni “Amirsoy” dam olish maskanidagi kanatlar oldida katta hajmda qor ko‘chishi kuzatilgan edi.
Live
Barchasi