O‘zbekistonda bepul tibbiy xizmatlar paketi joriy qilinadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 18 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Shavkat Mirziyoyev bepul tibbiy xizmatlar paketini amaliyotga kiritish bo‘yicha topshiriq berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 1 iyuldan boshlab surunkali kasalliklarni birlamchi bo‘g‘inda davolash bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi.

Birinchi bosqichda Sirdaryo viloyatida oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar orqali, erta o‘limning asosiy sababi bo‘lgan yurak va qon-tomir kasalliklarini davolash uchun aholi dori vositalari bilan bepul ta’minlanadi.

Davlat rahbari Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Inoyatovga bir oy muddatda birlamchi bo‘g‘inda davolash bepul tibbiy xizmatlar paketini amaliyotga kiritish topshirig‘ini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

481

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing