O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish yana kamaydi
Jamiyat
−
22 Oktabr 2019
5020O‘zbekistonda keyingi yillarda avtomobillarga metan gaz o‘rnatish hajmi ortib bormoqda. Shunday bo‘lishiga qaramay, benzin yoqilg‘isiga bo‘lgan talab ham kamaygani yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, shu yilning yanvar-sentyabr oylarida mamlakatda avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 13,2 foizga kamaydi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilning shu davrida 873,2 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 758,1 ming tonna.
Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatildi - 5,4 foiz. 2018 yilda 806,8 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019 yilda - 763,4 ming tonna.
Shu bilan birga, O‘zbekiston 2019 yil yanvar-sentyabr oylarida neft qazib olishni 2018 yilning shu davriga nisbatan 6,5 foizga qisqartirdi - 524,9 ming tonnagacha.
2019 yil yanvar-sentyabr oylarida tabiiy gaz qazib olish qariyb 45,05 milliard kub metrni tashkil etdi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 0,8 foizga kam.
2019 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston 1,56 million tonnadan ortiq gaz kondensati qazib oldi, bu 2018 yilning shu davriga nisbatan 3,3 foizga kamdir.
LiveBarchasi