O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi oshdi

Bu qiziq

image

Statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023 yil davomida ishlab chiqarilgan benzinning hajmi 2022 yilga nisbatan 115,5 ming tonnaga ortdi. 

Qayd etilishicha, 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi 1,1 mln tonnani tashkil etgandi. Bu 2021 yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,3 foizga ko‘p. O‘tgan 2023 yilda esa avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 1 mln 215 ming 500 tonnaga yetgan. 

Bunda eng ko‘p yonilg‘i yanvar oyida ishlab chiqarilgan. Eng kam miqdor esa may oyiga to‘g‘ri keladi. 2023 yilda yirik korxonalar tomonidan oylar kesimida benzin ishlab chiqarish miqdori quyidagicha:

• yanvarda – 139,6 ming tonna;

• fevralda – 124,2 ming tonna;

• martda – 121,4 ming tonna;

• aprelda – 119,4 ming tonna;

• mayda – 46,2 ming tonna;

• iyunda – 100,0 ming tonna;

• iyulda – 133,3 ming tonna;

• avgustda – 108,0 ming tonna;

• sentyabrda – 113,8 ming tonna;

• oktyabrda – 100,3 ming tonna;

• noyabrda – 109,3 ming tonna.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Global Petrol Prices“ platformasi tomonidan e’lon qilingan reytingda MDH davlatlari orasidagi eng qimmat benzin O‘zbekistonda sotilayotgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston benzin Statistika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing