O‘zbekistonda benzin importi o‘tgan yilga nisbatan 4 barobarga ortdi
Jamiyat
−
28 avgust 2021
3783Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga qiymati 96,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 274,6 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, benzin importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobarga ortgan.
O‘zbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:
• Rossiya – 136,5 mln litr
• Turkmaniston – 116,mln litr
• Qozog‘iston – 15,6 mln litr
Shuningdek, hududlar kesimida eng ko‘p benzin import qilgan Toshkent shahri hisoblanadi. Import benzinning 67,7 foizi poytaxt hissasiga to‘g‘ri keladi.
Xorijdan avtomobil benzini import qilgan hududlar (AQSH dollarida):
• Toshkent shahri – 65,4 mln;
• Farg‘ona viloyati – 11,6 mln;
• Buxoro viloyati – 8,4 mln;
• Namangan viloyati – 4,2 mln;
• Samarqand viloyati – 3,6 mln;
• Sirdaryo viloyati – 2,2 mln;
• Toshkent viloyati – 752,9 ming;
• Xorazm viloyati – 293,6 ming;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 194,2 ming;
• Qashqadaryo viloyati – 69,0 ming.
Avvalroq, joriy yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi