Eng ko‘p benzin qaysi viloyatda ishlab chiqarilgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi. 

Avtomobil benzini ishlab chiqarish 2021 yilning: 

•  yanvar oyida 93,9 ming tonna (o‘sish sur’ati 100,3 foiz);

•  yanvar-fevral oyida 185,3 ming tonna (97,4 foiz);

•  yanvar-mart oyida 291,3 ming tonna (103,0 foiz);

•  yanvar-aprel oyida 368,6 ming tonna (100,8 foiz);

•  yanvar-may oyida 456,2 ming tonna (103,4 foiz)ni tashkil etgan.

Shuningdek, avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmidan eng yuqori ulushlar 78,8 foiz ulush bilan Buxoro, 21,1 foiz ulush bilan Farg‘ona hamda 0,1foiz ulush bilan Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

261

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing