O‘zbekistonda barcha import mahsulotlari haqidagi ma’lumotlar o‘zbek tilida ko‘rsatilishi shart

Jamiyat

image

O‘zbekistonda barcha import qiluvchilar mahsulot ma’lumotlarini o‘zbek tilida ko‘rsatishlari shart. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligi Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qonunlariga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi 407-sonli qarorida keltirilgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishga intilishi sababli normativ-huquqiy hujjatlarni JST qoidalariga muvofiqlashtirish maqsadida o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu qaror bilan O‘zbekistonda barcha import qiluvchilar mahsulot ma’lumotlarini lotin alifbosidan foydalangan holda o‘zbek tilida ko‘rsatishlari shartligi belgilandi. 

Ya’ni Hukumat qaroriga ko‘ra, davlat tilida markirovka qilinishi shart bo‘lgan import qilinadigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchining vakolatli shaxsi va import qiluvchilar tomonidan ham amalga oshiriladi.

Mazkur qaror 2024 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing