O‘zbekistonda baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi
Jamiyat
−
11:43 1881 1 daqiqa
Bugun 11 martdan 31 may kunigacha Amudaryo va Sirdaryoda, 26 apreldan 10 iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlashga taqiq qo‘yiladi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘shimcha qilinishicha, boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16 apreldan 31 maygacha baliq ovlash taqiqlanadi.
Qayd etilishicha, bu O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 8 iyuldagi “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 627-sonli qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 9 fevraldagi 80-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, yuqorida qayd etilgan muddatlar baliqlarning ko‘payish davri hisoblanadi. Agar bu davrda baliqlar ovlansa, soni keskin kamayib, ayrim turlar yo‘qolib ketish xavfi tug‘iladi.
Ma’lumot uchun, ushbu qaror sun’iy suv havzalari yoki irrigatsiya tarmoqlarida intensiv texnologiyalar asosida baliq yetishtirish, akvakultura faoliyati, shuningdek, qafas, ya’ni sadok moslamalarida baliq yetishtirish va ovlash jarayonlariga tatbiq etilmaydi.
Taqiqlangan davr va hududlarda baliq ovlash ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Live
Barchasi