O‘zbekistonda bahorning ilk kunida sovuq ob-havo bo‘lishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zbekistonda fevral oyi oxiri va mart oyi boshida ham yog‘ingarchilikli, sovuq ob-havo saqlanib qoladi.  Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

Xabarda keltirilishicha, 26-29 fevral va 1 mart kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va bugun kunduzi Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha havo harorati me’yoridan 2-5 daraja past bo‘lishi kutilyapti. Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

“Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor”, deyiladi O‘zgidromet xabarida.

Bugun, 26 fevral kunning birinchi yarmida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 28 fevral va 1 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Haftaning qolgan kunlari esa asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Harorat kechalari 1-4 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-6 daraja iliq bo‘ladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing