O‘zbekistonda ajrimlar soni ko‘p bo‘lgan hududlar ochiqlandi
Jamiyat
−
24 Oktabr 2019
12302Bugunga kelib, dunyoning turli mintaqlarida oilaviy ajrim bilan bog‘liq holatlar yil sayin ortib bormoqda. Chunonchi, ajrimlarning oldini olish dolzarbligini yo‘qotmaydigan masalalardan biri hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga ko‘ra, mamlakatda ajrimlar sonida yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahri va Jizzax viloyati hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, shu yilning yanvar-cyentyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 194,9 ming nikoh qayd etilgan bo‘lsa, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikoh tuzish koeffitsiyenti 7,8 promilleni tashkil etdi.
2018 yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Qashqadaryo (7,0 foiz), Xorazm (4,2 foiz), Samarqand (3,4 foiz) va Farg‘ona (2,1 foiz) viloyatlarida kuzatildi.
2019 yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlari tomonidan 23,6 mingta nikohdan ajrashishlar qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan nikohdan ajrashish koeffitsiyenti 0,9 promilleni tashkil etdi.
2018 yilning mos davriga nisbatan sezilarli kamayish Samarqand (8,8 foiz), Navoiy (7,6 foiz) va Andijon (6,9 foiz) viloyatlarida kuzatildi.
Ajrimlar sonida 2018 yilning mos davriga nisbatan yuqori o‘sish sur’atlari Toshkent shahri (8,8 foiz) va Jizzax (3,9 foiz) viloyatiga to‘g‘ri kelmoqda.
LiveBarchasi