O‘zbekistonda ayollarning ishsizlik darajasi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda ayollar orasida ishsizlikning eng past darajasi Toshkent shahri, Namangan va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda hozirgi vaqtda jami ayollar soni 18,2 mln. kishidan oshiq va ular orasida ishsizlik 13,4 foizni tashkil etadi.

Bildirilishicha, O‘zbekistonda ayollar orasidagi ishsizlik darajasi so‘nggi paytlarda ortib boryapti. Ayollar orasidagi yuqori ishsizlik ko‘rsatkichlari va past iqtisodiy faollik darajasi bir tomondan yuqori tug‘ilish ko‘rsatkichlariga bog‘liq.

“2023 yilda respublikada 961 ming nafar chaqaloq dunyoga kelgan. Bu esa o‘z navbatida ayollarning mehnat bozoridan vaqtincha bo‘lsa-da chiqib ketishi va iqtisodiy nofaol maqomga tushishiga olib kelmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonda ayollar vaqtining 22 foizini uy yumushlari va bola parvarishiga sarflaydi”, deyiladi institut ekspertlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalarida.

Ma’lumot uchun, dunyoda ayollar orasidagi o‘rtacha ishsizlik darajasi 5,3 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Qozog‘istonda 5,5 foizni, Rossiyada 4 foizni, Ozarbayjonda 6,5 foizni, Belarusda 2,8 foizni, Bangladeshda 6,5 foizni, Xitoyda 4,3 foizni tashkil etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

ayollar ishsizlik darajasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar