O‘zbekistonda ayollar orasidagi jinoyatchilik va zo‘ravonlik ortgan
Jamiyat
−
01 mart 2022 6025 1 daqiqa
2021 yilda O‘zbekiston ishsiz ayollar va 18-30 yoshdagi xotin qizlar jinoyatchiligi o‘rtacha 2 foizga ortgan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish va ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oilaviy zo‘ravonlikning oldini olish, gender tenglikni qaror toptirishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, “Ayollar daftari”da 630 mingdan ziyod xotin-qizlar ro‘yxatda turibdi, ulardan 200 ming nafari ishsiz hisoblanadi.
2021 yilda ishsiz ayollar o‘rtasida jinoyatchilik 1,7 baravarga, 18-30 yoshdagi xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar esa 2 baravarga ko‘paygan.
Bulardan tashqari, oilada ayollarni xo‘rlash, ularga zo‘ravonlik qilish va tazyiq o‘tkazish holatlari hali ham mavjud.
O‘tgan 2021 yilda 39 mingga yaqin xotin-qizlar oilada eri, qaynonasi, kelini tomonidan zo‘ravonlik bo‘layotgani haqida profilaktika inspektorlariga murojaat qilgan. Bu raqamlar 2020 yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘p.
"Afsuski, bu muammolarni hal etishda mahalla faollari, jamoatchiligimiz va nuroniylarimizning o‘rni va ta’siri ham sezilmayapti.
Bir narsani aniq tushunishimiz kerak. Ham, oila, ham bola tarbiyasi bilan shug‘ullanish bilan birga, o‘qish, ish yoki tadbirkorlikni olib borish katta matonat talab qiladi", deydi Prezident.
Live
Barchasi