O‘zbekistonda ayollar ko‘pmi yoki erkaklar?
Bu qiziq
−
12 yanvar 2023 15731 1 daqiqa
2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra erkaklar soni ayollar sonidan 232 210 nafarga ko‘p ekanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Davlat statstika qo‘mitasi xabar berdi.
Joriy yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan. Shulardan 17 896 368 nafari ayollar, qolgan 18 128 578 nafari esa erkaklardan iborat.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning dekabr oyida 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan ayollar va erkaklar soni haqida ma’lumot berib o‘tgan edik. Bu borada ayollar erkaklardan ustunlik qilgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
Live
Barchasi