20 yoshgacha ota-ona bo‘lganlar soni ma’lum qilindi
Bu qiziq
−
08 yanvar 2023
145902022 yilning dekabr oyida 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan ayollar soni 3229 nafarni, erkaklar esa 110 nafarni tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu dekabr oyida jami farzandli bo‘lgan ayollarning 3,9 foiziga teng.
Hududlar kesimida jami farzandli bo‘lgan ayollar tarkibida 20 yoshgacha bo‘lgan ayollar ulushi:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3,1 foiz
• Andijon viloyati – 4,5 foiz
• Buxoro viloyati – 3,8 foiz
• Jizzax viloyati – 2 foiz
• Qashqadaryo viloyati – 4,4 foiz
• Navoiy viloyati – 2 foiz
• Namangan viloyati – 4,6 foiz
• Samarqand viloyati – 6 foiz
• Surxondaryo viloyati – 3,8 foiz
• Sirdaryo viloyati – 2,7 foiz
• Toshkent viloyati – 3 foiz
• Farg‘ona viloyati – 4,8 foiz
• Xorazm viloyati – 2,2 foiz
• Toshkent shahri – 2,8 foiz
Dekabr oyida Qashqadaryo viloyatida 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan erkaklar soni boshqa viloyatlarga qaraganda ko‘proq bo‘lgan.
Hududlar kesimida 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan erkaklar soni:
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 11 nafar
• Andijon viloyati – 4 nafar
• Buxoro viloyati – 10 nafar
• Jizzax viloyati – 2 nafar
• Qashqadaryo viloyati – 26 nafar
• Navoiy viloyati – 5 nafar
• Namangan viloyati – 7 nafar
• Samarqand viloyati – 14 nafar
• Surxondaryo viloyati – 7 nafar
• Sirdaryo viloyati – 3 nafar
• Toshkent viloyati – 4 nafar
• Farg‘ona viloyati – 9 nafar
• Xorazm viloyati – 1 nafar
• Toshkent shahri – 7 nafar
LiveBarchasi