O‘zbekistonda avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish 68 baravarga qimmatlashadi
Jamiyat
−
01 aprel
21733O‘zbekistonda bugun, 1 apreldan avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar 68 baravar (34 ming so‘mdan 2,32 mln so‘mgacha), elektromobillar uchun esa 15 baravarga oshadi. Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning bu haqdagi buyrug‘i to‘lovlar oshishidan bir kun oldin qabul qilindi.
Yangi buyruq bilan avtomototransport vositalari va ularning tirkamalarini (yarim tirkamalarini) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov stavkalari oshirilishi tasdiqlangan. Jumladan, 1 apreldan boshlab elektromobillar, mototransport vositalari va tirkamalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovlar stavkasi 15 baravarga – 1,5 BHMgacha yoki 510 ming so‘mgacha oshiriladi. Qolgan barcha avtomobillar bo‘yicha stavka 68,4 baravarga oshib, 6,84 BHM yoki 2,32 mln so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, bungacha avtomototransport vositalarini va ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish stavkasi BHMning 10 foizi miqdorida – 34 ming so‘m edi.
LiveBarchasi