O‘zbekistonda aviaqatnovlar qachon qayta tiklanadi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasini kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan joriy yilning 30 martidan e’tiboran O‘zbekistonda barcha aviaqatnovlar to‘xtatilgan edi. Xo‘sh, aviaqatnovlar qachon tiklanadi? Ushbu savolga Transport vazirligi Axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov quyidagicha javob berdi

"Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 30 mart soat 00:01 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay to‘xtatildi.

Respublikamizdagi aeroportlar ish faoliyati va avia parvozlarning qayta tiklanishi yoki cheklov choralarining uzaytirilishi respublika maxsus komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi".

Shuningdek, Ashurmatov tadbirkorlarga xomashyoni olib kelishda aeroportlarda kargo yuk xizmatidan foydalanish imkoniyati borligini aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent, Namangan va Navoiy aeroportlarida yuk tashuvi uzluksiz amalga oshirilayapti. 

"Hozirgi kunda butun jahonda koronovirus pandemiyasi tufayli muntazam aviaqatnovlar yo‘lovchi va yuk tashuvi cheklatilgan. Ammo "Uzbekistan Airports" AJ tizimiga kiruvchi Toshkent, Navoiy va Namangan aeroportlari kechayu-kunduz faoliyat yuritmoqda", deydi Ashurmatov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 99 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Aviaqatnovlar

Baholaganlar

821

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar