O‘zbekistonda arzon aviakompaniya yaratish nega sustlashdi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida “Ochiq osmon” rejimining ishga tushirilishi chet el kompaniyalarining respublikada arzon aviakompaniyani yaratishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirdi. Bu haqda kecha, 12 fevral kuni "O‘zbekiston aeroportlari" OAJ rahbari Ravshan Ismoilov xalqaro aviatsiya forumini o‘tkazishga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

"Ilgari arzon aviakompaniyani yaratishga qiziqish "Qanot Sharq" va "SilkJet" kompaniyalari tomonidan bildirilgan edi. Lekin "Ochiq osmon" haqida eshitib, ular muzokaralarda sustlashib qolishdi", deydi Ismoilov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Transport vazirligi arzon aviakompaniyalarga sharoit yaratish uchun hamma narsani qiladi. "Biz ularning tashabbusini kutyapmiz", deya qo‘shimcha qilgan "O‘zbekiston aeroportlari" rahbari.

Ochiq osmon rejimi nima?

O‘zbekistonga kelayotgan xorijiy sayyohlar oqimini aviatashuvlar tizimida mavjud muammolarni yechish yo‘li orqali ko‘paytirish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2019 yilning 1 oktyabridan “Qarshi”, “Nukus” va “Termiz” xalqaro aeroportlarida “beshinchi havo erkinligi” darajasini qo‘llagan holda “Ochiq osmon” rejimi joriy qilingan edi. Keyinroq bu rejim haqida Zafarjon Vohidov quyidagicha izoh berib o‘tdi:

“Ochiq osmon rejimi bu xorijiy aviakompaniyalar uchun mamlakat havo yo‘llaridan foydalanish imkoni va shartlarini liberallashtirish va yengillashtirish demakdir. Ushbu rejim mamlakatga kelayotgan turistlar oqimni oshirish hamda uning mintaqaviy aviatsion xab sifatidagi salohiyatini oshirish uchun qo‘llaniladi. “Ochiq osmon” rejimi bozorni xalqaro aviakompaniyalarga mamlakat aeroportlari va ularning yerdagi xizmatlari uchun ochadi. “Ochiq osmon”ning asosiy tamoyillari nafaqat tranzit parvozlar uchun huquq taqdim etish, balki hukumatning marshrutlar hamda aviakompaniyalarning narx hosil qilish va belgilash jarayonlariga aralashmaslik, shuningdek samolyotlar va ularning quvvati turlariga doir cheklovlarning yo‘qligini ham anglatadi”.

Nurulloh Sharipov

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing