O‘zbekistonda apelsin narxi tushib ketdi
Jamiyat
−
11 dekabr 2023
25212So‘nggi oy davomida O‘zbekistonda apelsinning ulgurji narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ancha arzon. Bu haqda EastFruit xabar berdi.
Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, apelsinning joriy ulgurji narxi taqqoslangan mamlakatlar orasida eng past hisoblanadi.
Ayniqsa, keyingi haftalarda mahsulot narxi tushishda davom etdi va so‘nggi bir oy ichida O‘zbekistonda apelsin narxi 1,8 baravarga kamayib, 10 noyabrdan 8 dekabrgacha o‘rtacha ulgurji narxi 1 kilogrammi uchun 23 ming so‘mdan 13 ming so‘mgacha arzonlashgan.
2023 yil 8 dekabr holatiga ko‘ra, apelsinning o‘rtacha ulgurji narxi 2021-2022 yillarning xuddi shu sanasiga nisbatan uchdan biriga past va 2019 yilning shu sanasiga nisbatan deyarli chorak baravar arzonroq.
Bundan tashqari, O‘zbekistonda apelsinning joriy ulgurji narxlari EastFruit tahlilchilari meva-sabzavot ulgurji narxlarini haftalik monitoring qilib boradigan davlatlar orasida ham eng hamyonbopi hisoblanadi. Ro‘yxatda faqat Gruziya mazkur mahsulotning ishlab chiqaruvchisi bo‘lgani uchun istisnodir.
8 dekabr holatiga ko‘ra, ushbu mamlakatlarda apelsinning o‘rtacha ulgurji narxi quyidagicha: O‘zbekiston – 1,06 dollar, Moldova – 1,24 dollar, Rossiya – 1,35 dollar, Polsha – 1,37 dollar, Tojikiston – 1,46 dollar, Ukraina – 1,80 dollar.
LiveBarchasi