O‘zbekistonda anomal sovuq qachongacha davom etishi aytildi

Bu qiziq

−

image

Joriy yilning 15 yanvarigacha O‘zbekiston hududiga Rossiya Yevropa qismining shimoliy hududlarida shakllangan sovuq havo massasi kirib kelishi saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi. 

12-15 yanvarda respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 12-17° sovuqgacha, ba’zi joylarda 20° sovuqgacha, shimolda kechalari 20-25° sovuqgacha, Ustyurtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 27-30° sovuqgacha, kunduz kunlari 5-10° sovuqgacha, ba’zi joylarda 12° sovuqgacha, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari 8-13° sovuqgacha, kunduz kunlari 3-8° sovuqgacha pasayadi. 

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. 

12-16 yanvarda O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chish havfi bor. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing