O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari narxi oshirilyapti

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1 noyabridan alkogolli mahsulotlar narxi oshirilishi kutilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining “Alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlarni qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalar muhokamasi portaliga joylashtirildi. 

Qarorga muvofiq, alkogol mahsulotlari uchun eng kam ulgurji-sotish va chakana narxlar qayta ko‘rib chiqilib;

1 litr tayyor vino mahsuloti uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi 8600 so‘m, eng kam chakana narx 10200 so‘m etib belgilanmoqda. 

1 litr tayyor konyak mahsuloti uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi 31000 so‘m, eng kam chakana narx 36600 so‘m;

1 litr tayyor aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarning eng kam ulgurji-sotish narxi 22000 so‘m, eng kam chakana narx 26000 so‘m etib belgilanmoqda. 

Hujjatda pivo narxlari o‘zgarmasligi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Alkogol' mahsulotlari

Baholaganlar

169

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar