O‘zbekistonda AQSH vizasi uchun suhbat belgilashning yangi tizimi ishga tushadi
Jamiyat
−
08 iyun
14320O‘zbekistondagi AQSH elchixonasi 10 iyun sanasidan e’tiboran, yangi va mukammallashtirilgan viza suhbatini belgilash tizimini ishga tushirishini e’lon qildi.
Bildirilishicha, yangi xizmat yordamida, viza murojaatchilarining viza bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lish, talab etilgan viza uchun ma’muriy to‘lovni amalga oshirish, viza bo‘yicha suhbat sanasini belgilash hamda yetkazib berish xizmatidan foydalanish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi.
Qayd etilishicha, yangi vizaga murojaat etish jarayoni orqali, murojaatchilar har qanday talab etiladigan viza murojaati uchun ma’muriy to‘lovni, suhbat sanasini belgilashdan avval amalga oshiradi.
Ta’kidlanishicha, yangi suhbat tizimi orqali, suhbatsiz vizaga murojaat etish talablariga javob beruvchi murojaatchilar yetkazib berish xizmati yordamida hujjatlarini konsullik bo‘limiga topshirishlari hamda hujjatlarini belgilangan tegishli bo‘linmadan qabul qilib olishlari mumkin bo‘ladi.
"AQSH Davlat departamentining avvalgi suhbat tizimidan foydalangan holda iyun oyi uchun suhbat sanasini belgilagan viza murojaatchilari belgilangan sanada viza suhbatiga kelishi va viza uchun to‘lovni binoning ichida suhbatdan avval amalga oshirishlari kerak bo‘ladi", deyiladi elchixona xabarida.
Aytilishicha, ushbu jarayondagi yangilanishlar natijasida viza uchun ma’muriy to‘lov miqdori o‘zgarmaydi.
LiveBarchasi