O‘zbekistonda “aqlli” suv hisoblagichlari o‘rnatiladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2023 yilning 1 yanvaridan boshlab masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24 may kuni imzolagan “Aholining ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida belgilangan.

Hujjatga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan boshlab yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilar tomonidan hududiy suv ta’minoti korxonalariga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlar o‘rnatiladi.

Suv hisoblagichlarini o‘rnatgan tadbirkorlarga bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha soliq imtiyozlari beriladi.

2024 yil 1 yanvardan boshlab masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni o‘rnatmagan yuridik shaxs va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi iste’molchilarga ichimlik suv ta’minoti hamda oqova suv xizmatlari uchun suvni hisobga olish uskunasi bilan ta’minlanmagan iste’molchilar sifatida hisob-kitob amalga oshiriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq tegishli idoralar sovuq va issiq suvni hisobga olish uskunalarining turlariga nisbatan (Dn-15 dan Dn-25 gacha va Dn-32 dan Dn-1500 gacha) texnik talablar ishlab chiqqan. Texnik talablar “O‘zsuvta’minot” AJ veb-saytining (www.uzsuv.uz) “Normativ hujjatlar” bo‘limiga joylashtirilgan.

2023 yildan boshlab xorijiy hamda mahalliy suv hisoblagich ishlab chiqaruvchilar ushbu texnik talablar asosida suv hisoblagich uskunalarini taklif etishlari mumkin bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

248

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing