O‘zbekistonda AI-80 benzini narxi pasaydi

Jamiyat

image

Bugun, 8 yanvar kuni O‘zbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi 6,3 foizga pasaydi. Bu haqda respublika Tovar-xom ashyo birjasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, AI-80 markali avtomobil benzinining narxi mahsulotning bir tonnasi uchun 7 474,4 ming so‘mni tashkil qilgan. Bu 7 yanvarga nisbatan 6,3 foizga kamdir. 

Ma’lumot uchun, AI-80 markali avtomobil benzinning birjadagi narxi litrga o‘tkazilganda mahsulotning bir litri tahminan 5700 so‘mni tashkil qiladi.

“Ayni paytda birja savdolariga AI-80 markali avtomobil benzini sotuvchi korxonalar tomonidan barqaror ravishda birja savdolariga qo‘yib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 27 dekabr va joriy yilning 2 yanvar kunlari O‘zbekistonda paxta yog‘i, suyultirilgan gaz va paxta tolasining narxi ham pasaygan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

4850

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing