O‘zbekistonda aholi don mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlanadi

Jamiyat

image

Joriy yilning 28 dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Shunga asosan, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab aholini don mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash va narxlar keskin o‘zgarishining oldini olish maqsadida intervension xaridlar tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi. 

Bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

- 2021 yil hosilidan boshlab don uchun davlat buyurtmasi hajmlarini bosqichma-bosqich kamaytirish, shu jumladan, boshoqli don xarid qilish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor mexanizmlarini joriy etish;

- oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun davlat buyurtmasi tizimidan davlat zaxirasidan foydalanishga o‘tish bo‘yicha mexanizmni ishlab chiqish.

2020 yil 1 martdan paxta va boshoqli don yetishtirishda band bo‘lmagan maydonlarda tuproq-iqlim sharoitlari va bozor kon’yunkturasidan kelib chiqqan holda tumanlarni bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish tizimi joriy etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing