O‘zbekistonda 9 oy davomida qancha sement ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
Jamiyat
−
05 noyabr 2020
3373O‘zbekistonda joriy yilning 9 oyida 7,8 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan. Ko‘rsatilgan raqamlar o‘tgan yilning o‘sish sur’atiga nisbatan 102,6 foizni tashkil etdi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ishlab chiqarilgan jami sementning eng yuqori ulushi Toshkent viloyati (47,2 foiz), Navoiy viloyati (35,5 foiz) hamda Farg‘ona viloyatiga (11,8 foiz) hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston 2020 yilning 9 oyida Afg‘oniston, Singapur, Rossiya, Xitoy, Turkiya va boshqa bir qator xorijiy davlatlarga qiymati 24,2 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan sement eksport qilgan. O‘zbekistonga esa Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston Respublikasi, Eron, Rossiya va boshqa davlatlardan qiymati 87,0 mln. AQSH dollariga teng bo‘lgan sement mahsuloti import qilingan.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi