O‘zbekistonda 9 may kuni harbiy parad o‘tkaziladimi? Mudofaa vazirligi izoh berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 9 may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan harbiy paradlar o‘tkazilmaydi. Bu haqda bugun, 25 aprel kuni Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Mudofaa vazirligining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Oybek Mamadaliyev ma’lum qildi.

Anjuman davomida jurnalistlar 9 may arafasida O‘zbekiston hududida harbiy paradlar o‘tkazish rejalashtirilgan yoki yo‘qligi to‘g‘risida savol berdi. 

“Oldin ham parad bo‘lmagan. O‘tgan yili ham, undan oldingi yillar ham bo‘lmagan bu narsa. Harbiy parad bo‘lishi masalasida hech qanday ma’lumot yo‘q”, deya ta’kidladi Oybek Mamadaliyev.

Vazirlik mas’ulining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 9 may “G‘alaba kuni” emas, “Xotira va qadrlash kuni” etib belgilangan. 9 may — Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayramlar nafaqat Mudofaa vazirligida, balki butun respublikada davom etmoqda. Aynan qariyalarni qadrlash, ularga hurmat ko‘rsatish maqsadida butun mamlakatda tadbirlar boshlab yuborilgan.

Ma’lumot uchun, Qozog‘iston Mudofaa vazirligi mamlakatda 9 may kuni harbiy parad o‘tkazilmasligini bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

749

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing