O‘zbekistonda 7 oyda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarildi?
Jamiyat
−
20 avgust 2022 15586 1 daqiqa
Joriy yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonda eng ko‘p Cobalt rusumli avtomobil ishlab chiqarildi – 52 903 dona. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning yanvar-iyul oylarida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni:
- Cobalt – 52 903 dona;
- Lacetti-Gentra – 47 600 dona;
- Damas – 39 779 dona;
- Nexia T-250 – 14 237 dona;
- Spark – 7 548 dona;
- Maxsus yengil avtomobillar – 11 008 dona.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16 582 donaga ko‘paygan. 2021 yilning yetti oyida 36 317 ta shunday rusumli avtomobil ishlab chiqarilgan.
Live
Barchasi